Og‘ir atletika. Bugun 3 vakilimiz meddallar uchun bellashadi

  • 14.12.2024 10:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda.

Bugun og‘ir vazn toifasida kechadigan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi supachaga ko‘tariladi. Kun davomida Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov yosh umidli sportchilarimizdan biri Sharofiddin Amriddinov bilan -109 kg vazn toifasida, jahon chempioni Tursunoy Jabborova esa -87 kg vazn toifasida qatnashadi.

Yigitlarimiz ishtirokidagi bahslar Toshkent vaqti bilan 19:30 da, Jabborovaning chiqishi esa 22:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!