
Og‘ir atletika. Chirchiqda O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
13-16 sentyabr kunlari Chirchiq shahri og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu mamlakat birinchiligida Respublikamizning barcha viloyatlaridan eng sara polvonlar o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.
Musobaqada Olimpiada chempioni Akbar Jo‘raev, shuningdek, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Tursunoy Jabborova kabi jahon chempionati g‘oliblarining ham o‘z qatnashishi kutilmoqda. Turnirdan so‘ng terma jamoamiz murabbiylar shtabi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibimizni belgilab oladi.
Fikrlar