Asosiy mazmunga oʻtish

Og‘ir atletika. Husinboy Matrasulov jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi!

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Yosh polvonlarimizdan navbatdagi medal!

Ispaniyaning Leon shahrida yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Hozirgina erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida “A” guruh bahslari yakunlandi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Husinboy Matrasulov dast ko‘tarishda 148 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Vakilimiz siltab ko‘tarishda 167 kg (5-o‘rin) va ikkikurash yakuniga ko‘ra 315 kg (4-o‘rin) natija qayd etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q