Og‘ir atletika. Terma jamoamiz Olimpiada oldidan so‘nggi xalqaro yig‘inga yo‘l oldi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Parij shahrida bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga jo‘nab ketdi.

Qayd etish lozimki, polvonlarimiz 5 avgustga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishadi va shundan so‘ng Parij shahriga etib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika dasturi bo‘yicha bellashuvlar 7-11 avgust kunlari “Paris Expo Porte de Versailles” ko‘rgazma va konferentsiya markazida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpadasida 3 nafar og‘ir atletikachimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:

Akbar Jo‘raev (-102 kg)
Regina Adashbaeva (-81 kg)
Tursunoy Jabborova (+81 kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!