Og‘ir atletikachilarimiz Islom birdamligi o‘yinlari oldidan xorijda yig‘in o‘tkazadi

CHERY AUTO

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig‘inni o‘tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga yo‘l oldi. Vakillarimiz u erda 9 avgustga qadar mashg‘ulot o‘tkazishadi.

Tecno

Ta’kidlash joiz, ushbu yig‘in kelasi oy Turkiyaning Konya shahrida o‘tadigan Islom birdamligi o‘yinlariga qaratilgan. Unda Bahrom Mendiboev maxsus texnik mashg‘ulotlar orqali sportchilarimizni eng yuqori sport formasiga olib chiqishi ko‘zda tutilgan.

Bugun Qozon safariga Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘raev, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sunnatilla O‘sarov, Sarvarbek Zafarjonov, Rigina Adashboeva kabi sportchilarimiz yo‘l olishdi. Toshkentda o‘tadigan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligidan so‘ng Nigora Suvonova, Sharofiddin Amriddinov hamda Tursunoy Jabborova asosiy jamoaga borib qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!