Og‘ir atletikachilarimiz kecha10 ta medalga ega chiqdi
Poytaxtimizda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining kechagi bahslari O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli kechdi. Sportchilarimiz kun davomida 3 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Oltin medal:
- 57 kg: Marjona Abdumutalova (yoshlar, dast ko'tarish)
-61 kg: Ziyoda Xudoyqulova (yoshlar, dast ko'tarish)
- 61 kg: Munisa Boltaeva (o'smirlar, siltab ko'tarish)
Kumush medal:
- 57 kg: Zarina Abdullahakova (o'smirlar, dast ko'tarish)
- 57 kg: Marjona Abdumutalova (yoshlar, siltab ko'tarish)
- 57 kg: Marjona Abdumutalova (yoshlar, ikki kurash)
- 61 kg: Munisa Boltaeva (o'smirlar, ikki kurash)
-61 kg: Ziyoda Xudoyqulova (yoshlar, siltab ko'tarish)
-61 kg: Ziyoda Xudoyqulova (yoshlar, ikki kurash)
Bronza medal:
- 61 kg: Munisa Boltaeva (o'smirlar, dast ko'tarish)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar