Og‘ir atletikachimiz 3 karra kumush medali sohibiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ogʻir atletikachimiz Muhammadqodir Toshtemirov Hindiston mezbonlik qilayotgan qitʼa birinchiligida 3 bor shohsupaga koʻtarildi. -96 kg vazn toifasida qatnashgan polvonimiz barcha dasturlarda kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Toshtemirov dast koʻtarishda 166 kg, siltab koʻtarishda 207 kg va ikki kurash boʻyicha esa 373 kg natija qayd etdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!