Ogʻir atletikachimiz Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi
Javohir Malikov
O‘zbekiston terma jamoasi Gandhinagar shahrida o‘tayotgan qit’a chempionatida dastlabki medalini qo‘lga kiritdi
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Hindistonning Gandhinagar shahrida oʻtayotgan Osiyo chempionatida dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. Uni -79 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulaziz Alimjonov keltirdi.
Yosh sportchimiz siltab koʻtarish mashqida 191 kg natija qayd etishga erishdi. Bu koʻrsatkich unga mazkur dasturda bronza medalini taqdim etdi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)