Og‘ir vaznda IBF chempioni Filip Hrgoviсhning navbatdagi jang sanasi ma’lum qilindi

  • 03.09.2026 10:18
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ogʻir vaznda IBF chempioni Filip Hrgovich navbatdagi jangini 2027 yilning birinchi choragida oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Xorvatiyalik bokschi uchun asosiy maqsad — chempionlik kamarlarini birlashtirish. Biroq Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) qoidalariga koʻra, u avvalo majburiy himoya jangini oʻtkazishi kutilyapti va bu bellashuvni Xorvatiyada tashkil etish ehtimoli yuqori.

"Men Keit Konnolli bilan Hrgovichning rejalari haqida gaplashdim. Ideal variant sifatida Filip darhol birlashtiruvchi jangga chiqish va Daniel Dyubua - Fabio Uordli toʻqnashuvi gʻolibi bilan ringga koʻtarilishni istayapti. Lekin bu yerda IBF yoʻnalishi boʻyicha majburiy daʼvogar — Frenk Sanches ham bor. Shu bois, katta ehtimol bilan, avval mazkur bahsni oʻtkazishga toʻgʻri keladi. Jamoa 2027 yilning birinchi choragida ringga qaytishni rejalashtirgan. Agar raqib sifatida Sanches tanlansa, bu bellashuvni Xorvatiyada oʻtkazish mumkin", — deya maʼlum qildi "The Ring" nashrining nufuzli insayderi Mayk Koppingjer.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan dam olish kunlari Hrgovich 9 raundda Mozes Itaumuni texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
03/09/2026 10:39
бохо тезрок булар билан тущиши шарт!
етади рекламада тушиш