OKMK - "Andijon" jamoalarining o‘zaro o‘yinlar tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  • 02.03.2024 01:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon” klubi taqvimga asosan yangi chempionatning 1-turini 3 mart kuni o‘tkazishidan xabardorsiz. Olmaliqda OKMKga qarshi kechadigan bellashuv bilan jamoa “Superliga-2024”dagi ishtirokini rasman boshlaydi.

OKMK – “Andijon”. Jamoalarning O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlar tarixi 2008 yildan boshlangan. U paytda OKMKning nomi OTMK deb nomlangan. 2008 yilning 12 aprel kuni ushbu klublarning o‘yinlar tarixi yozilishi boshlangan. O‘shanda olmaliqliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘sha yili ikkinchi davrada Andijondagi bellashuvda "Burgutlar" ham shu kichik hisobda g‘olib chiqqan.

Bir so‘z bilan aytganda, shu paytgacha klublar 24 bor uchrashishgan va navbatdagisi 25-o‘yin hisoblanadi. OKMKda 16, “Andijon”da esa 4 ta g‘alaba bor. Qolaversa, duranglar soni ham 4 ta. To‘plar nisbati esa 48-28 OKMK foydasiga. Oxirgi bor “Andijon” bu raqibini 2011 yili o‘z uyida 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!