OKMK ikki nafar braziliyalik legionerni tarkibiga qo'shib oldi
OKMK tarkibiga ikki nafar braziliyalik legioner qo‘shildi. Bu haqida UFF o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrining OKMK futzal klubi qishki transfer oynasida eng faol jamoalardan biri bo‘ldi.
"Tajribali mutaxassis Aleksandr Petrov boshchiligidagi murabbiylar shtabi jamoaning sobiq legionerlari — Samuel Narsiso Ribeiro Kosta va Leonardo Augusto da Silva bilan xayrlashib, ularning o‘rniga futzal vatani sanalgan Braziliyadan yangi o‘yinchilarni taklif etishga qaror qildi.
OKMK safiga taklif etilgan yangi legionerlar — Mateus Rocha Soares de Souza va Italo Alves Ferreira ayni kuchga to‘lgan futzalchilar sanaladi. Har ikki futbolchi ham Braziliya futzal ligasida faoliyat yuritgan bo‘lib, olmaliqliklar o‘yinini kuchaytirishi kutilmoqda.
Mateus Rocha Soares de Souza OKMK jamoasiga Braziliyaning “Sao Joseense” futzal klubidan taklif etildi. Ma’lumot uchun, Braziliya chempionatida jami 22 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib boradi. Joriy mavsumda “San-Zhozenense” jamoasi B guruhida 10 ta o‘yindan so‘ng 13 ochko jamg‘arib, 6-o‘rinni egallab turibdi”- deyiladi berilgan xabarda.
Fikrlar