
OKMK jamoasida "Al Ittihod"ga qarshi o‘yin oldidan ikkita yo‘qotish bor
Xabaringiz bor, OKMK ertaga OChL guruh bosqichi 1-tur doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga qarshi maydonga tushadi. Olmaliqliklar tarkibida bir qancha yo‘qotishlar xususida klub matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Joriy mavsum yarmida tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida jamoaga kelib qo‘shilgan Sardor Mirzaevning jarohati jiddiyligi sababli, operatsiya qilinishi lozimligi ma’lum bo‘ldi va deyarli bu yil Mirzaev "konchilar"ga yordam bera olmaydi.
Shuningdek, Vitaliy Denisov belidagi kichik jarohati tufayli, jamoa bilan birgalikda Saudiya Arabistoniga uchmadi.
Fikrlar