OKMK yana ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 24 fevral, 2024, 23:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun, 24 fevral Superliga klublari uchun transfer oynasi yopiladigan kun!

Transfer oynasi yopilishi arafasida OKMK futbol klubi o‘z safiga ikki nafar yosh iste’dod egalarini qo‘shib oldi.

sarimsoqov

2023 yilgi mavsumni Pro-Ligada G‘uzorning «Sho‘rtan» klubida o‘tkazgan yarim himoyachi Abrorbek Sarimsoqov «konchilar» bilan shartnoma imzoladi. 21 yoshli Abrorbek o‘tgan yili Pro-Ligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Mamlakat Kubogi bahslarida 3 ta o‘yinda qatnashdi.

qodirov

«Turon» klubi U-21 jamoasi safida o‘zining goledorlik qobiliyatini namoyish etgan Farruxjon Qodirov ham keyingi faoliyatini OKMK jamoasi bilan bog‘ladi. 19 yoshli hujumchi yangi mavsumda OKMK FKning oldingi chizig‘idagi futbolchilarga raqobatchi bo‘la oladi, degan umiddamiz, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
25/02/2024 01:25
Yo tushunmiman faqat shunaqa shuncha transfer nima mano...yo togridir biz bilmagan narsalar bordir balkim murabbiy kop bilar lekin Faqat xar transferda 15ta oyinchi ketadi 15ta oyinchi keladi kachon unda rivojlanish boladi...Evropa jamaoalariyam 1 yo 2transfer qiladi ja İslox qilishni istaganlar tubdan tarkibni tozalaydi...Uzbek klublari xar yilda islox qilishadimi nima balo...Yoki maosh masalasi uchun shunaqa til biriktrip qilisharmikin