Oksana Chusovitina hammani lol qoldirishda davom etmoqda

Boku shahrida o'tayotgan sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining dastlabki saralash bahslari ortda qoldi. Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Hamyurtimiz kvalifikatsiyada 13.049 ball bilan uchinchi pog'onani egalladi. Mazkur yo'nalishdagi final 7 mart sanasiga belgilangan. Shuningdek, u bugun to'sindagi mashq dasturida ham saralash bosqichida qatnashadi.

Yigitlarimizdan Abdulaziz Mirvaliev va Humoyun Ismoilov erkin mashq, Rasuljon Abdurahimov esa parallel brusdagi mashqda ishtirok etishdi. Biroq ular to'plagan ball final uchun yetarli bo'lmadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!