Oksana Chusovitina va yana 3 nafar gimnastikachimiz Jahon kubogining navbatdagi bosqichida ishtirok etadi

Bugun Turkiyaning Antalya shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oladi. 15 martga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham qatnashishadi.

Mamlakat gimnastika federatsiyasining ma’lum qilishicha, ushbu bosqichda quyidagi 4 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi: Abdulaziz Mirvaliev, Humoyun Ismoilov, Rasuljon Abdurahimov, Oksana Chusovitina.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!