
"Oktagon" promoushenida yana bir hamyurtimiz jang qiladi
29 yanvar kuni Qozog‘istonning Almati shahrida "Oktagon" promousheni navbatdagi jang kechasini tashkil etadi.
Mazkur oqshomda hamyurtimiz, yosh iste’dod egasi Ikromjon Kazakov ham oktagonga ko‘tariladi. Ushbu hamyurtimiz 57 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadi. Havaskor yo‘nalishdagi bir qator muvaffaqiyatlardan so‘ng, professionalda bitta jang o‘tkazgan va g‘alabaga erishgan.
Hozircha raqib ma’lum emas.Tez orada bunga ham oydinlik kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ikromjon Kazakov hozirda "Andijon bo‘rilari" klubida Ahliddin Mirzadavlatov hamda Shohasan Mirzamatov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi.
Fikrlar