
Oktyabr oyida raqib topolmagan Rossiya kelasi oyda Bruney bilan o‘ynaydigan bo‘ldi
Oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida o‘ziga raqib topolmagan Rossiya milliy terma jamoasi noyabr oyida Bruney terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Valeriy Karpin jamoasining kelasi oydagi ilk raqibi Suriya bo‘lishi avvalroq malum bo‘lgandi.
Bruney terma jamoasi hozirda FIFA reytingida 183-o‘rinni egallab turibdi.
"Biz Rossiya futbol uyuushmasidan 15 noyabr kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynash uchun taklif oldik. Uchrashuvni o‘tkazish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga allaqachon erishilgan.
O‘yin Rossiyada bo‘lib o‘tadi va barcha xarajatlar mezbon jamoa tomon tomonidan qoplanadi", - deyiladi Bruney futbol assotsiatsiyasining rasmiy xabarida.
Fikrlar