Oladigan bormi? “Arsenal” oʻz hujumchisiga xaridor izlayapti

  • 22.07.2026 10:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” klubi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar braziliyalik hujumchi Gabriyel Jezusni sotib yubormoqchi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda “to‘pchilar” sport bo‘limi vakillari 29 yoshli hujumchi uchun yangi klub izlash bilan band.

Angliya chempionlari futbolchi bo‘yicha 23,4 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Hozirgi vaqtda Jezus uchun asosiy da'vog‘ar sifatida “Milan” ko‘rilmoqda. Biroq yaqinda “Yuventus” va “Atletiko Madrid” ham futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborgan.

2025/2026 yilgi mavsumda Jezus barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!