Olimpiada chempioni voyaga etmagan ikki qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

  • 13.09.2019 02:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Dzyudo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Peter Zayzenbexer ukraina rasmiylari tomonida Avstriyaga jo‘natilgani haqida L'Equipe nashri xabar bermoqda. 59 yoshli sportchi vatanida ikkita voyaga etmagan qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda.

Avstriya sudi 48 soat ichida Zayzenbexerni qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Avvalroq, Rasmiy Kiev Avstriyaning dzyudochini qaytarish borasidagi iltimosini rad etgandi.

Eslatib o‘tamiz: Peter Los-Anjeles 1984 hamda Seul 1988 Olimpiadasida 86 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

zey

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!