Olimpiada. Isroil Niderlandiya bilan bahsga kelmadi. Sababi?
Bugun Samarqandda davom etayotgan Olimpiadaning 6-turi o‘tkazildi.
Niderlandiya terma jamoasi ushbu turda Isroilga qarshi o‘yin uchun doskaga chiqishi kerak edi, ammo raqib jamoasi bahsga kelmadi.
Sabab — Yom Kippur, yahudiylarning diniy kuni. Isroil jamoasi shu sababli 6-tur uchrashuvlarini boshqa vaqtda ko‘chirish yoki kechroq boshlashni so‘ragan. Bu taklif amalga oshmagach, Isroil uchrashuvga chiqmaslikka qaror qilgan!
Shu sababli Isroilga 0:4 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yozildi.

Fikrlar