
Olimpiada sovrindoriga o‘lim bilan tahdid qilishdi
Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va boks bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Sofiya Ochigava qo‘shnisi tomonidan kaltaklandi.
Ochigavani o‘ldirishga urinish bir necha kun avval sodir bo‘lgan.
Qo‘shnisi Vadim Tatsiy 32 yoshli sportchiga pichoq bilan hujum qildi. U Ochigavani kaltaklab, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan,-deya xabar berdi "Baza" telegram-kanali.
Voqea joyiga etib kelgan militsiya xodimlari unga nisbatan tegishli choralarni qo‘llagan.
Sofiya Ochigava 2012 yildagi Olimpiada o‘yinlarining kumush medal sovrindori, ikki karra jahon chempioni va uch karra Evropa chempioni.
2016 yilda mazkur ayol bokschi o‘z faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar