Olimpiada chempioni Islom Maxachov va Xamzat Chimaevning kurashi boshqalarniкidan nima uchun ustunligini tushuntirdi

  • 05.01.2026 15:12
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Erkin kurash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Geybl Stivson Islom Maxachev va Xamzat Chimaevning boshqa kurashchilardan ustunligi nimada ekanini aytdi.

"Hozir UFC da kurash bazasiga e'tibor qaratadigan, ammo uni MMAga moslashtiradigan yigitlar ustunlik qilyapti va g‘alaba qozonmoqda. Menimcha, ko‘pgina kurashchilar MMAda hujumni qanday qilib to‘g‘ri boshlash, uni to‘g‘ri yakunlash, raqibni oktagon burchagida ag‘darish uchun oyoqlardan qanday foydalanish va gilyotindan qanday chiqib ketishni tushunmaydi. Islom va Xamzat esa bularni a’lo darajada bajarishadi. Shu uchun ular boshqalardan ustunroq", - dedi amerikalik og‘ir vaznli sportchi.

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan 25 yoshli Geybl Stivson o‘tgan yilning sentabr oyida LFA ligasida Breden Petersonni bir yarim daqiqada nokautga uchratib, MMAdagi debutini muvaffaqiyatli o‘tkazgan bo‘lsa, noyabr oyida amerikalik APFC bayrog‘i ostida ishtirok etgan Kevin Xaynni 24 soniyada mag‘lub etib, MMAdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!