Olise kelajagi bo‘yicha muhi qaror qabul qildi

  • 12.10.2026 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning «Bavariya» klubida o‘ynayotgan fransuz vingeri Maykl Olise faqat Madridning «Real» klubidan taklif tushgan taqdirdagina jamoani tark etishni ko‘rib chiqadi. Bu haqida Sky Sport xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi Yevropaning boshqa klublari qiziqishiga javob berish niyatida emas. U ehtimoliy transferni faqat «Qirollik klubi» bilan bog‘lamoqda.

Agar Madrid klubi rahbariyati uni sotib olish bo‘yicha aniq va jiddiy taklif bilan chiqmasa, fransuz futbolchisi «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasini yaxshilangan shartlarda uzaytirishi ehtimoli yuqori ekani ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Olise 2024 yil yozida Angliyaning «Kristal Pэlas» klubidan 60 million yevro evaziga Myunxen jamoasiga o‘tgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!