Olise: "Oltin to‘p" haqida o‘ylamayapman, men uchun jamoa va sovrinlar muhim"

  • 11.03.2026 16:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" vingeri Maykl Olise "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritish imkoniyati haqida berilgan savolga javob qaytardi.

Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Men bu haqida oʻylamayapman, chunki bu mavsumda hali koʻp oʻyinlar oldinda turibdi. Agar shunday boʻlib qolsa, albatta, yomon boʻlmasdi. Ammo rostini aytsam, hozir bu narsaga eʼtibor qaratganim yoʻq.

Men uchun birinchi oʻrinda sovrinlar va jamoa turadi. Qolgani esa qanday boʻlsa, shunday boʻladi", — dedi Olise "CBS Sports" efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!