Olisega kuchli da'vogar chiqdi
Transfer ehtimoli oshyapti
«Liverpul» rahbariyati Myunxenning «Bavariya» aklubi yulduzi Maykl Oliseni qo‘lga kiritish uchun kurashga qo‘shilishga tayyor.
Football Insider nashri ma’lumoticha, mersisaydliklar 24 yoshli fransuz futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Olise hozircha «Bavariya» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagan.
Shu bilan birga, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishda asosiy da’vogar sifatida «Real Madrid» tilga olinmoqda. Myunxen klubi rahbarlari fransiyalik yarim himoyachi uchun kamida 200 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Maykl Olise Germaniya chempionati doirasida «Bavariya» tarkibida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. U shu bahslarda to‘rtta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.

Izohlar (0)