Oliver Kan: "Bavariya"ning oʻyin uslubi juda xavfli"
"Bavariya"ning sobiq darvozaboni Oliver Kan jamoaning Vensan Kompani qo‘l ostidagi o‘yin uslubini tanqid qildi.
"So‘nggi haftalarda Kompani tizimi juda katta tavakkalchilikka asoslanganini ko‘rdik. Bu tizim nazoratni ozgina yo‘qotishi bilanoq, uning qanchalik zaif ekani yaqqol ko‘rinadi. PSJga qarshi o‘yinda ham xuddi shu holat kuzatildi.
Buning uchun ikki yoki uch daqiqa ham kerak bo‘lmadi. Siz doimiy ravishda ikki-uchta gol o‘tkazib yuborib, har o‘yinda to‘rttadan gol ura olmaysiz. Zamonaviy futbolda bitta tizimga ko‘r-ko‘rona yopishib olish emas, balki zahira rejaga ega bo‘lish va turli g‘oyalarnı amalga oshira bilish muhim", — dedi Kan "Sky Sport" efirida.

Fikrlar