
“Olmaliq”ning o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi o‘zgardi
Avvalroq xabar berganimizdek “Olmaliq” jamoasi 17 yanvar kuni Shveytsariyaning “Vil 1900” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgandi.
Klub matbuoti xizmatining xabar berishicha, ba’zi sabablarga ko‘ra Shveytsariya jamoasi bilan o‘yin bekor qilindi. Ularning o‘rniga jamoamizga Qozog‘istonning “Akjayik” jamoasi sparring raqib vazifasini o‘taydi.
Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 16:00da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar