Olmo: "Bu jamoa buyuk natijalarga erisha oladi"
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo jamoadagi muhit va hamkasblari haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik futbolchining ta'kidlashicha, hozirgi tarkibda akademiya tarbiyalanuvchilari ko'pchilikni tashkil etadi va bu jamoaning kuchli jihatlaridan biri hisoblanadi.
"Ko'pchiligimiz klub akademiyasidan yetishib chiqqanmiz. Hozir bizda juda yaxshi jamoa shakllangan.
Men Yamal, Pedri, Ferran, Gavi kabi futbolchilar bilan birga o'ynayapman. Biz nafaqat jamoadosh, balki yaqin do'stlarga ham aylanganmiz.
Bu jamoa katta yutuqlarga erishishga qodir", — dedi Olmo "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan mavsum Ispaniya La Ligasi chempioniga aylangan edi.
28 yoshli yarim himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar