
Olmo jarohat sababli keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Dani Olmo Ispaniya terma jamoasining navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Serbiyaga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgan ispaniyalik yarim himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, deb xabar bermoqda "Mundo Deportivo".
Aniqlanishicha, bo‘g‘imlar shikastlanmagan. Biroq, "Barselona" futbolchisi ehtiyot chorasi sifatida keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Avvalroq, Olmoning shanba kungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani malum bo‘lgandi.
Fikrlar