Olmo: "Joan Garsiya — yuqori darajadagi darvozabon"

  • 04.01.2026 03:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo La Liganing 18-turi doirasida "Espanol"ga qarshi o‘yinda (2:0) jamoa darvozaboni Joan Garsiyaning harakatlarini yuqori baholadi.

Ushbu bahsda Garsiya 7 ta seyvni amalga oshirib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘yindan oldin "Espanol" muxlislari avval ushbu klub sharafini himoya qilgan Joanni hushtak bilan qarshi olgan edi.

"Yangi yilni g‘alaba bilan boshladik. Oson bo‘lmasligini bilardik. Ular juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz esa hal qiluvchi vaziyatlarda aniqroq bo‘ldik.

Asosiy tarkibda maydonga tushayotganlar ham, zahiradan o‘yinga qo‘shilayotganlar ham doimo maksimal darajada tayyor bo‘lishi kerak. Biz — jamoamiz. Har bir futbolchi o‘z hissasini qo‘shishi shart".

Joan Garsiya haqida:

"U ajoyib. Bu — yuqori darajadagi darvozabon. Sobiq muxlislari oldida u mukammal o‘yin namoyish etdi. U bizga hozir ham, kelajakda ham juda katta foyda keltiradi", — dedi Olmo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!