Oltin medal olishini kutmagan Diyora Keldiyorova endi qaysi turnirga borishini aytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova Qozog‘istondagi Aktau Asian Open 2026 musobaqasidan keyin ishtirok etadigan navbatdagi yirik turnirini ma’lum qildi. 

«Ikki yillik tanaffusdan keyin yana tatamiga qaytib, oltin medal olganimdan juda xursandman. Rostini aytsam, bunday natijani kutmagan edim, lekin juda mamnunman. Endi oy oxirida, ehtimol, Abu-Dabida bo‘ladigan Grand Slam, ya’ni “Katta dubulğa” turnirida ishtirok etarman. 

Bu men uchun katta musobaqa bo‘ladi, endi shunga jiddiy tayyorgarlik ko‘raman. Bu yerdagi bellashuvlar esa men uchun sinov bo‘ldi — tayyorgarligim qay darajada, nimalar kerak, nimalarni o‘zgartirishim lozimligini ko‘rdim», — dedi sportchi.

Xalqaro Aktau Asian Open 2026 turniri (Turar Joldiboev xotirasiga bag‘ishlangan ochiq Osiyo kubogi) 17–18 oktyabr kunlari Aktau shahrida o‘tkazildi. O‘zbekistonlik olimpiya chempioni farzandli bo‘lgani munosabati bilan olingan uzoq tanaffusdan so‘ng ilk bor rasmiy musobaqada tatamiga qaytdi.

52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida kuch sinashgan Keldiyorova dastlab Qozog‘iston vakillaridan iborat ikki raqibini mag‘lub etdi. Final bellashuvida esa Ozarbayjon sportchisi Farida Mirzayevani muddatidan oldin yengib, musobaqa chempioniga aylandi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!