Asosiy mazmunga oʻtish

«Oltin to‘p-2026»: Dastlabki natijalar rasmаn e’lon qilindi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Oltin to‘p-2026» reytingida eng yuqori o‘rinni «Arsenal» himoyachisi Gabriyel Magalyains egalab, 21-pog‘onadan joy oldi.

«Oltin to‘p»-2026 mukofoti uchun kurashda reytingning quyi qismida joylashgan 10 nafar futbolchining natijalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Sports.kz xabar berdi.

Ular orasida eng yaxshi natijani «Arsenal»ning braziliyalik himoyachisi Gabriyel Magalyayns qayd etib, 21-o‘rinni egalladi. «Al-Nasr» hujumchisi Sadio Mane va «Arsenal» himoyachisi Vilyam Saliba esa 29-o‘rinni bo‘lishib oldi.

Futbolchilar quyidagicha o‘rin egalladi:

  1. Gabriyel Magalyayns («Arsenal», Braziliya)
  2. Lautaro Martines («Inter», Argentina)
  3. Nunu Mendes («PSJ», Portugaliya)
  4. Luis Dias («Bavariya», Kolumbiya)
  5. Markin’os («PSJ», Braziliya)
  6. Dayo Upamekano («Bavariya», Frantsiya)
  7. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted», Portugaliya)
  8. Xulian Kinyones («Al-Qodisiyа», Meksika)
  9. Sadio Mane («Al-Nasr», Senegal)
  10. Vilyam Saliba («Arsenal», Frantsiya)

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 27 oktyabrga o‘tar kechasi Londonning «Palladium» teatrida bo‘lib o‘tadi. Marosim Qozog‘iston vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q