Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Oltin to‘p"ga da’vogar o‘zgarди: Keyn endi asosiy favorit emas

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat tez o‘zgaryapti

Yangilangan baholarga ko‘ra, Lamin Yamal yetakchilikni qo‘lga kiritib, Harri Keynni ortda qoldirdi va hozircha "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda eng asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

"Barselona" yarim himoyachisining imkoniyatlari taxminan 41 foizga baholanmoqda. Ilgari favoritlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turgan Harri Keynning shansi hozircha 37 foiz atrofida.

Qolgan da’vogarlar esa bu ikki yetakchidan ancha orqada qolmoqda. "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Usmon dembele uchinchi o‘rinda – uning imkoniyati 4,9 foiz deb baholanmoqda. Undan keyingi o‘rinda Lionel Messi kelmoqda, unga taqdim etilayotgan ehtimol 3,68 foizga teng.

"Oltin to‘p" taqdimot marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q