"Oltin to‘p"ning asosiy da’vogari aniqlandi: Yamal – ikkinchi, Messi – uchinchi

  • 20.07.2026 20:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati yakunlangandan so‘ng nufuzli Goal sayti "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangilab e’lon qildi. Reytingning birinchi pog‘onasida hozircha o‘zgarish yo‘q – Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn hanuz yetakchilik qilmoqda. U mundialda olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va jamoasi bilan birga jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi.

Yangilangan ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa Lamin Yamal ko‘tarildi. U 19 yoshidayoq jahon chempioniga aylanib, reytingda katta sakrash qildi. Argentina terma jamoasining finaldagi mag‘lubiyatidan so‘ng Lionel Messi uchinchi pog‘onaga tushib ketdi.

Qolgan yetakchi o‘nlik quyidagicha shakllandi: Maykl Olise, Kilian Mbappe, Rodri, Usman Dembele, Erling Holand, Xvicha Kvaratsxeliya va Pau Kubarsi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "Oltin to‘p" sovrini Usman Dembelega topshirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!