"Oltin to‘p-2026" mukofoti uchun asosiy da’vogarlar ma’lum

  • 24.01.2026 00:45
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Score90 nashri "Oltin to‘p–2026" mukofoti uchun asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasi va "Real Madrid" futbolchisi Kilian Mbappe reytingning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Hujumchining ushbu mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyati 26 foiz deb baholangan.

Keyingi o‘rinlarni "Barselona" vingeri Lamin Yamal (18 foiz) hamda "Bavariya" forvardi Harri Keyn (16 foiz) egallagan. Shuningdek, kuchli beshlikdan Erling Xoland (9 foiz) va Deklan Rays (9 foiz) ham o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, ushbu sovrinni o‘tgan mavsum Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi. U parijliklar safida Chempionlar ligasi, Liga 1, Frantsiya kubogi va Superkubokni yutgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!