"Oltin to‘p". Kuchli uchlikda o‘zgarish, Messi va Ronaldu esa...

  • 17 may, 2022, 01:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi hujumchisi Karim Benzema "Oltin to‘p" uchun kurashayotgan futbolchilar ro‘yxatida etakchilik qilishda davom etmoqda. 

2-o‘rinda o‘zgarish kuzatildi. Muhammad Saloh band etib turgan o‘ringa uning jamoadoshi Sadio Mane ko‘tarildi, misrlik vinger esa ro‘yxatning 3-pog‘onasida bormoqda. 

Ushbu sovrinni ko‘p bora yutgan Messi hamda Ronaldu hozircha kuchli yigirmatalikka ham kirmagan. 

1. Karim Benzema – «Real Madrid»;

2. Sadio Mane – «Liverpul»;

3. Muhammal Saloh – «Liverpul»;

4. Robert Levandovski – «Bavariya»;

5. Kilian Mbappe – «PSJ»;

6. Vinisius Junior – «Real Madrid»;

7. Kevin de Bryuyne – «Manchester Siti»;

8. Luka Modrich – «Real Madrid»;

9. Filip Foden – «Manchester Siti»;

10. Trent Aleksander-Arnold – «Liverpul».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!