“Oltin to‘p” uchun asosiy beshta da’vogarlar e’lon qilindi
"Barselona" forvardi Lamin Yamal "Oltin toʻp" - 2026 uchun kurashda favorit boʻlib turibdi. Bu haqida bukmekerlarning koeffitsientlariga tayanib, X ijtimoiy tarmogʻida The Touchline xabar berdi. Manbaga koʻra, top-5dan "kўk-anorranglilar"ning yana bir futbolchisi ham joy olgan.
2026-yilgi "Oltin toʻp"ga daʼvogarlarning bugungi kundagi yangilangan reytingi, koeffitsientlarga koʻra (The Touchline, 23 mart):
1. Lamin Yamal ("Barselona").
2. Harri Keyn ("Bavariya").
3. Kilian Mbappe ("Real").
4. Pedri ("Barselona").
5. Erling Xoland ("Manchester Siti").
Joriy mavsumda Lamin Yamal "Barselona" safida barcha musobaqalarda 40 ta oʻyinda 21 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 73 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda, Yevropa Chempionlar Ligasida esa "Atletiko" bilan chorak finalda bahslashishadi.
Fikrlar