Omar Marmush «Manchester Siti»dan boshqa APL top klubiga o‘tishi mumkin
«Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush yaqin vaqtlarda jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida CaughtOffside nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, forvardga jiddiy qiziqish bildirgan klublardan biri — «Nyukasl». «Soroklar» Marmushni yozgi transfer oynasidagi asosiy nomzodlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Omar Marmush 2025 yili «Ayntraxht» tarkibidan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi.

Fikrlar