On beshta chechen xonamga bostirib kirib, menga hujum qildi
Iroqlik MMA ustasi Namo Fozilning taʼkidlashicha, "Dana White Contender Series" turnirining vazn oʻlchash kuni xonasida 15 nafar chechen unga hujum qilgan.
"Tarozi tortiladigan kuni men turgan xonaga 15 ga yaqin odam bostirib kirdi. Oʻsha paytda vazn tashlashga harakat qilayotgan edim. Shu bois butunlay holdan toygandim.
Xonamda yotgandim. Bir necha daqiqadan soʻng eshik qattiq taqilladi. Murabbiy eshikni ochdi va 15 kishi — hammasi chechenlar bostirib kirib, menga qoʻpol muomalada boʻla boshlashdi.
Men birinchi boʻlib qoʻl koʻtarmayman, dedim. Shunda ulardan biri kelib, yuzimga tushirdi. Keyin men ham javob qaytardim. Tez orada katta tartibsizlik boshlandi. Murabbiylarim janjalni tinchitishga harakat qildi. Keyin politsiya kelib, hammasini bartaraf etdi. Ertasi kuni oktagonga chiqdim. Ammo odatdagidan ancha zaif edim. Chunki bu vaziyat meni butunlay holdan toydirgan edi. Balki shu sabab ham Kayko Britoga yutqazib qoʻydim", - dedi Fozil.
Xorij nashrlarida Namo Fozilning kaltaklanishiga uning bir yil oldin Chimaev va Dulatovga nisbatan aytgan soʻzlari sabab boʻlgan, degan taxminlar ham yoʻq emas.

Fikrlar