O'n birinchi raunddagi qaror internetni "portlatdi"

  • 24.05.2026 14:50
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli jurnalist va insayder Ariel Xelvani og‘ir vazn toifasida WBC, WBA va IBF chempioni Aleksandr Usik va niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxuven o‘rtasidagi jang erta to‘xtatilganini keskin tanqid qildi.

"11 raund tugashiga bir soniya qolganda bahs to‘xtatildi. Bu shunchaki jinnilik. Hakam mutlaqo sharmandali qaror chiqardi. Rikonig g‘alabasini tom ma’noda o‘g‘irlashdi.

Ko‘plab muxlislar va jurnalistlar Frensis Ngannu va Tayson Fyuri to‘qnashuviga ham bepisand qaragandi. Lekin men hanuzgacha o‘shanda kamerunlik g‘alaba qozongan, deb hisoblayman.

Hozir Riko bilan ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘ldi. U sensatsiya ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qilindi. Revanshni, albatta, tashkil etish kerak", - deb yozdi Xelvani ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bo‘lib o‘tgan qarama-qarshilikda Aleksandr Usik 11 raundda Riko Verxuvenni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!