Onana faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
"Trabzonspor" "Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onananing transferiga qiziqish bildirmoqda.
Turkiyada transfer oynasida 12 sentyabr kuni yopiladi. Trabzon klubi kamerunlik futbolchini ijaraga olishni maqsad qilgan.
Ayni damda "Yunayted"da 4 nafar darvozabon bor. Onana, Lammens, Bayindir va Xiton. "Qizil iblislar"ning o‘zi kamerunlik darvozabonni qo‘yib yubormoqchi. Sababi, u baribir asosiy tarkibda o‘ynamaydi.
Fikrlar