"Open Chess Menorca": To'rt nafar shaxmatchimiz munosib ishtirok etdi
Ispaniyaning Menorka orolida nufuzli "Open Chess Menorca" musobaqasi doirasida blits turniri o‘tkazilmoqda. 9 turdan iborat tezkor bahslarda ishtirokchilar 3+2 formatda dona surib, g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Ushbu turnir doirasida 4 ta o‘zbekistonlik shaxmatchi ishtirok etib, muvaffaqiyatli natijalar qayd etdi.
9-turda hamyurtlarimiz Ashikmamutov Saidxon Hoffmann Luchga, Abdulazizov Asadbek Fernandez Kalinov Rodrigoga, Abdulazizova Asmina esa Graff Benga imkoniyatni boy berdi. Biroq, so‘nggi turda Abdulazizov Asilbek hindistonlik raqibi Jagreеt Misrani mag‘lubiyatga uchratdi.
Turnir yakuniga ko‘ra, Abdulazizov Asilbek 6 ochko bilan 34-o‘rinni egalladi. Ashikmamutov Saidxon 5 ochko bilan 57-o‘rinni, Abdulazizov Asadbek esa 4 ochko bilan 130-o‘rinni band qildi.
Ispaniyalik grossmeyster Ximenez Martinez Xose Visente 8 ochko bilan 1-o‘rinda yakunladi. Qozog‘istonlik shaxmatchi Nogerbek Kazibek va hindistonlik Karthik Venkataraman 7.5 ochkodan to‘plab, kuchli uchlikka kirdi.

Fikrlar