Oʻq otish. Osiyo chempionatining ilk kunida 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritdik
Joriy yilning 2-14 fevral kunlari Nyu-Deli shahri(Hindiston)da oʻq otish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Osiyo chempionatiga 20 ta davlatlardan 564 nafar sportchilar tashrif buyurishgan.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning oʻq otish boʻyicha 8 nafar sportchilari ishtirok etishmoqda.
Bugun oʻtkazilgan bahslarda sportchilarimiz 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Erkaklar oʻrtasida 10 metr masofaga pnevmatik toʻpponchadan otish boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda hamyurtimiz Svetchikov Vladimir oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, 10 metrga pistoletdan otish boʻyicha erkaklar (Vladimir Svechnikov, Muhammad Kamalov, Ilxom Obidjonov) jamoasi ham oltin medalni qoʻlga ega chiqdi. Bu haqida MOQ xabar beryapti.
Fikrlar