O‘rtoqlik o‘yini. "Navbahor" Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi
"Navbahor" Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyada o‘quv-yiğin mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.
Bugun namanganliklar yiğin doirasida Qozog‘istonning "Altay" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Jamoa safida Diyor Xolmatov gol muallifi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Temur Kapadze shogirdlari bugun Gruziyaning "Dinamo Tbilisi" jamoasiga qarshi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini ham o‘tkazadi.
Fikrlar