O‘rtoqlik o‘yini. "Navbahor" Turkiyada "Istanbul Bashakshehir"ni mag‘lub etdi
Superliga bahslari Jahon chempionati sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng qayta boshlanish arafasida. Jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Jumladan, Namanganing "Navbahor" klubi Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Lochinlar" safida Husayn Norchaev va Ruslan Jiyanov ikkita gol urib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Ma’lumot uchun, Temur Kapadze shogirdlari Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.

Fikrlar