O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston mundial oldidan Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi
Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Nyu-York shahrida joylashgan “Icahn” stadionida o‘tgan bahsda “oq bo‘rilar” 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Jahon O‘rozov raqib futbolchisini jarima maydoni ichida yiqitdi va hakam Niderlandiya darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan Kodi Gakpo aniq zarba bilan hisobni ochdi.
Biroq ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston hisobni tenglashtirdi — Sergiev raqib himoyasidagi xatodan foydalaniib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Niderlandiya yana penalti dan foydalandi. Kodi Gakpo ikkinchi bor 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, jamoasini oldinga chiqardi.
Shu tariqa, uchrashuv 2:1 hisobida Niderlandiya foydasiga yakunlandi.
- World - Xalqaro o'rtoqlik ucharuvlari
- Friendlies 1
Niderlandiya
- Cody Gakpo 32'
- Cody Gakpo 90'
08.06.2026 23:45
O'zbekiston
- Igor Sergeev 90'

Fikrlar