O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Ozarbayjon darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi
Yoshlarimiz yirik hisobda g‘alaba qozondi.
15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida O‘zbekiston va Ozarbayjon terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Unda vakillarimiz yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga Habibullaev, Abraev, Husanov va To‘laganov mualliflik qildi. Ozarbayjon yoshlari bu bahsda gol ura olmadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar 17 avgust kuni yana bir o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.


Izohlar (0)