O‘rtoqlik o‘yinlari. "Andijon" Rossiya klubi bilan durang o‘ynadi, "Lokomotiv" esa "Mash’al"ni mag‘lub etdi
Superliga bahslari Jahon chempionati sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng qayta boshlanish arafasida. Jamoalar tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Jumladan, "Andijon" Rossiyaning "Yenisey" klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Jamoaning yagona goliga Po‘latxo‘ja Xoldorxonov mualliflik qildi.
Shuningdek, "Lokomotiv" "Mash’al" bilan bahs olib borib, 4:2 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Uchrashuv davomida gollarga Ilol To‘pliev (13, 1:0), Mahmud Jo‘raboev (39, 1:1), Oleg Zoteev (52, 2:1), Zafar Akramov (61, avtogol, 3:1), Ilya Yelichich (71, 4:1) va Mahmud Jo‘raboev mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Superliga bahslari 16 iyul kuni qayta start oladi.

Fikrlar