
O‘rtoqlik uchrashuvi. Gollarga boy kechgan o‘yinda "Turon" g‘alaba qozondi
Bugun Farg‘onada “Turon” hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda Superliga debyutantining qo‘li baland keldi – 3:2.
Ayniqsa, “Turon” safida ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan futbolchilar o‘yin sur’atini o‘zgartirdilar va g‘alabaga katta hissa qo‘shishdi. Chunki o‘yin davomida “Andijon” futbolchilari ikki marta hisobda oldinga chiqib olishlariga qaramay, yakunda “Turon” jamoasi g‘alabani ilib ketdi.
“Navbahor”dan taklif qilingan himoyachi G‘iyos Komilov esa o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirib qo‘ygani e’tiborga molik.
“Turon”ning boshlang‘ich tarkibi: Akmal Ortiqov, Jahongir Mehmonov, Umid Qodirov, Dostonbek Meliqo‘ziev, G‘olibbek Sariboev, Davron Umirov, Muzaffar Muzaffarov, Abdurahmon Abdulxaqov, Bilolxon Toshmirzaev, Umarjon Sharipov, Komronbek Abduhamidov.
Zaxiradagilar: Mirzohid Jalilov, Asliddin Toshtemirov, G‘iyos Komilov, Abduqahhor Hojiakbarov, Ismoiljon Oxunjonov, Sunnatillo Ermatov, Javohir Sohibov, Oybek Ahmatov, Jasur Hakimov, Abdulazizxon Abdurashidov, Bahodir Akramov, Doniyor Ismoilov.
“Andijon”ning boshlang‘ich tarkibi: Jasur Umirzoqov, Sunnat Turg‘unboev, Usmonali Ismonaliev, Kamron Najafaliev, Mirkomil Lokaev, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Farhod Soxibjonov, Sunnat Mamadaliev, Kamron Saidazimov, Jamshid Homidov.
Zaxiradagilar: Javohir Qilichev, Islom Asrorov, Dilmurod Abduqahhorov, Muhammadali Tursunov, Doniyor Abdumannopov, Davron Farhodov, Asadbek Karimov.
Gollar: Farhod Soxibjonov, 11 - 0:1. G‘iyos Komilov, 47 - 1:1. Usmonali Ismonaliev, 56 - 1:2. Doniyor Ismoilov, 75 - 2:2. G‘iyos Komilov, 77 - 3:2.
Fikrlar