
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Liverpul" - "Sporting" bahsida jangovor durang qayd etildi
Xabaringiz bor ayni damda dunyoning ko‘plab shaharlarida Evropaning grand klublari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishmoqda.
Jumladan, bugun “Liverpul” AQShda Lissabonning “Sporting” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
“Liverpul” Angliya – “Sporting” Portugaliya 2:2 (2:1, 0:1)
25 iyul, 05.15, «Yankee Stadium»
Gollar: 0:1 – 4 Brunu Fernandesh, 1:1 – 20 Origi, 2:1 – 44 Veynaldum, 2:2 – 53 Vendel.
“Liverpul” – Minole, Aleksander-Arnold (Gomes, 62), Matip (van der Berg, 89), van Deyk (Lovren, 77), Robertson (Kent, 62), Xenderson (Bryuster, 77), Oksleyd-Chemberlen (Uilson, 62), Fabino, Milner, Veynaldum (Lallana, 76), Origi (Djons, 77).
“Sporting” – Ribeyro, Netu (Koates, 61), Ilori (Quaresma, 83), Mate (Mendes, 77), Borxa (Terri Korreyya, 46), Brunu Fernandesh (Daniel Bragansa, 83), Dumbiya (Migel Luish, 77), Vendel (Eduardo Enrike, 83), Rafinya (Plata, 83), Luis Fellipe (Dost, 61), Vetto (Jovane Kabral, 61).
Ogohlantirishlar: Netu (30), Fabino (88).
Fikrlar